
Xlor 60% granula
ISHLATISHDAN OLDIN QO’LLANMA BILAN TANISHIB CHIQING
Hovuz suvini tozalash (dezinfeksiyalash) uchun ishlatiladi. Basseyn suvida bakteriya, virus va zamburug’lar paydo bo’lgan holda tezda suvni dezinfeksiya qilishda kuchli vosita.
Iste’molchilar diqqatiga:
Foydalanishdan oldin albatta ishlatish va sarf me’yorlari bilan tanishing. Tez yonuvchan moddalar yonida yonish xavfi bor. Ko’zga tushganda shu zahotiyoq suv bilan yuving va shifokorga murojaat qiling.
Qoldiq va idishini darhol atrof muhitga zarar keltrimaydigan tarzda yo’q qiling.
Saqlash muddati maxsus joyda o’zining idishi ochilmagan holatda 5 yil. Salqin, quruq, olovdan va isituvchi moddlardan uzoq va quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlansin.
Tavsiya qilingan qo’llash me’yori:
100m3 suvga 1kg/haftasiga qo’shish kerak (uy basseynlari uchun)
100m3 suvga 1,5kg/haftasiga qo’shish kerak (umumiy basseynlar uchun)
Basseyn suvi ifloslangan holda, dozani ikki marta ko’paytirish mumkin.
Buning uchun albatta xlor me’yorini aniqlaydigan testrdan foydalanish kerak.
Xlor darajasi ko’rsatkichi (CL) 0,6-1,5 oralig’ida bo’lishi kerak.
Shu mahsulotni sotib olish yoki ma'lumot olish uchun tugmachani bosing.
Buyurtma berish